04 iyu 17:34
Yangiliklar

Terma jamoamizning raqibi Angliya klubi safiga borib qo'shildi
Bu haqda Angliya Premer-ligasining rasmiy sayti xabar bermoqda. 20 yoshli forvard "Vest Bromvich" bilan 2020 yilgacha shartnoma imzoladi. U 2 yil davomida ijara asosida Bundesligada "Verder" sharafini himoya qiladi.
"Jang ikki yil davomida "Verder"da o'ynaydi. Uning futbolchi sifatida o'sishi biz uchun muhim" - deydi "Vest Bromvich" direktori Richard Garlik.
Malum bo'lishicha, ingliz klubi Xitoyning ikki kompaniyasi bilan shartnoma imzolashga erishgan. Unga ko'ra, "Palm" Xitoyda ingliz klubi nomi bilan yangi futbol shaharchasi quradi.
Eslatib o'tamiz, "Vest Bromvich"ning egasi xitoylik Guochuan Lai.
Yuning Jang 11 oktyabr kuni JCH-2018 saralash uchrashuvlari doirasida O'zbekiston terma jamoasiga qarshi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tgan bahsda zaxiradan maydonga tushgan edi.
Fikrlar