So’nggi yangiliklar

19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0

21 may 08:27
Yangiliklar

SHaxmat

Tez orada Buxoro tarixiy markazida shaxmat maydonchasi barpo etiladi

Teglar :  SHaxmat Buxoro
Buxoro tarixiy markazida shaxmat maydonchasi barpo etiladi.

O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimovning joriy aprel oyida Buxoro viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan “Labi Hovuz” ansambli hududiga yaqin joyda, Nodir Devonbegi xonaqosi va Badriddin karvonaroyi orasidagi bo'sh hududda yog'ochdan milliy uslubda ishlangan engil konstrukciyali katta shaxmat maydonchasini barpo etish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Bu loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad, hududda sayr qiluvchilarning ham madaniy, ham intellektual hordiq chiqarishlari hamda yoshlarni shaxmat sportiga bo'lgan qiziqishini oshirishdan iborat.

SHaxmat maydonchasining loyihasi tashabbuskor tadbirkor tomonidan viloyat madaniy meros boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi va hozirda mazkur loyihani Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert Kengashi bilan belgilgan tartibda kelishish ishlari olib borilmoqda.

Umid qilamizki, tez orada qadim Buxoroga tashrif buyurgan sayyohlar nafaqat tarixiy obidalarimizning go'zalligi va mahobatidan zavqlanishi, balki shaxmat o'ynab o'z tafakkurini yanada boyitishi mumkin bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing