08 apr 21:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Tezkor. Mahmud Muradovning Mishel Pereyraga qarshi jangi bekor qilindi. Buning sababi malum + FOTO
Joriy yilning 5 may kuni Braziliyaning Rio De Janeyro shahrida UFC 302 turniri o'tkaziladi.
Ushbu musobaqaning asosiy kardi doirasida o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Muradov Braziliya vakili Mishel Pereyraga qarshi oktagonga chiqishi lozim edi.
Biroq mazkur jang bekor qilindi. Bunga Muradovdagi infekcion jarohat sabab bo'lgan:
"Barchaga assalomu alaykum! 20 kun ichida menda olib tashlanishi zarur bo'lgan ikkinchi infekciya aniqlandi. Jamoam bilan kelishgan holda jangni bekor qilishga qaror qildik. In SHa Alloh tez orada qaytamiz!", deb yozdi Mahmud Muradov o'zining Instagram sahifasida.
Havola :
Manba : instagram.com/makhmud_muradov
Fikrlar