04 sen 08:51
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/132666_220.jpg)
The Ring og'ir vaznlilarning Top-10 reytingini elon qildi
Boks haqida yozuvchi dunyoga mashhur va shu bilan birga qadimiy The Ring jurnali og'ir vaznli bokschilarning yangi reytingini oshkor etdi.
Unda ayrim o'zgarishlar kuzatildi. Dillian Uaytni nokautga uchratgan rossiyalik Aleksandr Povetkin reytingda 6-pog'onadan 3-o'ringa ko'tarilib oldi. Bunga uning aynan vaqtinchalik WBC chempioni Uaytni mag'lub etgani sabab bo'lgan.
Aksincha, mag'lubiyatga uchragan Uayt 2-o'rindan 4-pog'onaga pastladi. Sobiq WBC chempioni Deontey Uaylder 2-o'ringa qaytdi. Asosiy kamarlarning uchtasini o'zida saqlab turgan Entoni Joshua hamon reyting peshqadami bo'lib turibdi.
The Ring. TOP-10
CHempion: Tayson Fyuri;
1. Entoni Joshua;
2. Deontey Uaylder;
3. Aleksandr Povetkin;
4. Dillian Uayt;
5. Luis Ortis;
6. Endi Ruis;
7. Jozef Parker;
8. Maykl Xanter;
9. Oskar Rivas;
10. Kubrat Pulev.
Havola :
Fikrlar