15 iyu 13:20
Yangiliklar
Futbol

Tiago "Bavariya"dan ketmoqchi
Yarim himoyachi Tigo Alkantara "Bavariya"dan ketishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi Myunxendagi uyini sotuvga qo'ygan.
Oldinroq, Tiago "Bavariya"dagi sheriklari bilan xayrlashgani haqida xabarlar yangragan edi. SHuningdek, ispaniyalik futbolchi faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi ham mumkin.
Alkantara joriy mavsum "Bavariya" safida Bundesliga doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.
Eslatib o'tamiz, xavbek "Bavariya"ga 2013 yilda "Barselona"dan o'tgan edi.
Havola :
Manba : Sport Bild
Fikrlar