28 iyu 00:12
Yangiliklar
Futbol, Parij-2024
Timur Kapadze: ""Bunaqangi erta ketish niyatimiz yo'q edi"
O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze "C" guruh 2-tur doirasidagi Misr (0:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, jamoamiz shu o'yindan so'ng guruhdan chiqish imkoniyatlaridan mahrum bo'ldi.
"Bunaqangi erta ketish niyatimiz yo'q edi. Harakat qildik, ammo ilk o'yindayam, bugun ham qaerdadir omadsizlik, qaerdadir tajribasizlik pand berdi.
Kelib ko'rdik, eng alamlisi bundan yaxshiroq o'ynashimiz va ikkala bahsda ham g'alaba qozonsak bo'lardi. Epizodlarda xatoga yo'l qo'ygan holda gol o'tkazib yuborgan.
Keyingi safar kelganimizda bundan ham kuchliroq bo'lamiz. Muxlislarga rahmat aytaman va uzr so'rayman. Oldingi va bugungi o'yindagi eng zo'rlari muxlislar edi. Hali ularni g'alabalar bilan xursand qilamiz", — dedi Timur Kapadze.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar