01 dek 18:43
Yangiliklar
Timur Kapadze futbolchilik faoliyatini yakunlaydi
“Lokomotiv” jamoasi sardori sifatida o'ynab kelayotgan asli farg'onalik ushbu futbolchi faoliyatini “Neftchi” jamoasida boshlagan. So'ngra “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Inchxon Yunayted” (J. Koreya), “SHarja” (BAA) hamda “Aktobe” (Qozog'iston) kabi klublar sharafini himoya qilgan.
36 yoshli mahorat sohibi shu paytga qadar O'zbekiston chempioni (12 marta), O'zbekiston kubogi sohibi (9 marta), Qozog'iston chempioni unvonlariga ega chiqqan. SHuningdek, milliy terma jamoamiz safida uzoq yillar mobaynida barqaror o'yin namoyish etgan.
4 dekabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston kubogi final o'yini Timur Kapadze uchun professional futbolchi sifatidagi so'nggi bahs bo'ladi.
Qayd etish joizki, Timur Kapadze ortda qolgan mavsumda Oliy Ligada 21ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 marta o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
Fikrlar