So’nggi yangiliklar

08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0 19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0 14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0 13:42Guangzhou Nansha International. Султонов икки ғалаба эвазига асосий тўрга йўл олди 0 13:11Шаҳин кечаги қийин ғалабадан сўнг нималар деди? 0

25 iyu 11:53
Yangiliklar

Futbol, Parij-2024

Timur Kapadze Olimpiya shaharchasidagi muammolar haqida gapirdi

Teglar :  Timur Kapadze
O'zbekiston OTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze olimpiya shaharchasida etarli darajada muammolar borligini malum qildi.

Olimpiadadagi sharoitlarga keladigan bo'lsak, bu erda qiyinchiliklar etarli ekan. Olimpiya shaharchasiga kelganimizdan beri har kuni qandaydir voqealar sodir bo'lmoqda. Xona masalasida, mashg'ulotga borib-kelish masalasida, hali avtobus kelmaydi, hali avtobuslar yo'lda adashib qolmoqda. Mashg'ulotlarga borib-kelishning o'ziga ko'p vaqt sarf qilmoqdamiz. Nafaqat biz, balki boshqa jamoalarda shunday muammolar bor.

Musobaqa tashkilotchiligida ozgina muammolar borligi ko'rinib qolmoqda. Bu erda faqat futbolga tayyorgarlik ko'rishni o'ylamas ekansiz. Yana boshqa masalalarni o'ylash kerak ekan. Birinchi kun kelganimizda bizni joylashtirishdi, biroq ertasiga bu sizlarni xonalar emas ekan deb yana bo'shattirishdi. Boshqa korpusga o'tadigan murabbiylar bo'ldi. O'ziga yarasha har kuni qandaydir vaziyatlar bo'lib turibdi. Hammamiz birgalikda bunday holatlardan chiqishga harakat qilmoqdamiz. Biroq shu mayda narsalar ham o'yinga tayyorgarlik olib borishga to'sqinlik qiladi.

Futbol bahslarini boshqa shaharda o'tkazayotgan jamoalar mehmonxonada yashashmoqda, ularda biz kabi muammolar bo'lmayapti. Olimpiya shaharchasida yashashning o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor ekan.

Yurtimizning boshqa sportchilari bilan gaplashsak, Tokioda o'tgan olimpiada bundan ancha tarkibli o'tgan ekan. O'zimiz ishtirok etgan Osiyo o'yinlarida ham bunday holatlarni ko'rmagandik. Nima bo'lgan taqdirda ham keyingi uchrashuvlarga tayyorgarliklarni davom ettiramiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing