So’nggi yangiliklar

01:29"Ролан Гаррос-2026". Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқди 0 21:23"Мағлубият пайти фақат яқин инсонларинг бўлади" — Шаҳрам Ғиёсов 0 20:29Армрестлинг спорт тури янги босқичга кўтарилмоқда 0 19:35"Босимни унутинг, завқ олинг!" — Чилилик эксперт мундиалда Ўзбекистондан нима кутмоқда? 0 18:50Фрэнк Санчес The Ring рейтингида юқорилади 0 18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0

30 okt 18:40
Yangiliklar

Futbol

Timur Kapadze: "Raqibni aldab o'ta oladigan futbolchilarimiz qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi"

U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasidagi O'zbekiston - Bangladesh (6:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze qatnashdi.

"Barchani g'alaba bilan tabriklayman. CHiroyli o'yin bo'ldi, yigitlar yaxshi o'ynashdi. Balki Bangladesh bizga qarshilik qila olmagandir, ammo baribir yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Bugun kamroq maydonga tushgan futbolchilarni sinab ko'rdim. Ularning harakatlarini maydonda ko'rib olishga qaror qildim. 90 daqiqa davomida biz o'yinni nazorat qildik va yirik g'alabaga erishdik.

Bizda to'p bilan yurishni yaxshi ko'radigan futbolchilar ko'p, ularga ko'p bor tushuntiramiz: kerakli paytda ishlatinglar, boshqa payt pas beringlar deb. Ular mana shu kamchilikni yo'qotishsa bo'lgani. Aslida raqibni alday oladigan futbolchilarimiz qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi.

To'g'ri futbolchilarimiz turli klublardan kelishgan, ammo mana shunday o'yinlar va g'alabalar orqali o'zaro tushunishni yuqori cho'qqiga olib chiqamiz. Keyingi yilgi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik uchun vaqtimiz kam qolmoqda. Saudiya Arabistoni bilan bahsdan keyin biz o'zimiz uchun ko'p malumotlar oldik. Kamchiliklarimizni ko'rib oldik.

Diyor Xolmatov potenciali kuchli bola. Texnika, to'p bilan muomala qilishda ham. SHunday futbolchi o'sib kelayotganidan xursandmiz. U nafaqat klubda, balki terma jamoada ham foydali o'yinchi bo'la oladi. Diyor universal futbolchi, o'rtada ham, qanotda ham o'ynay oladi. Faqat to'p yo'qotilganida qaysi zonani yopish kerakligini tushunib olsa bo'ldi", - dedi Timur Kapadze.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing