17 mar 17:51
Yangiliklar
Futbol

Timur Kapadzening terma jamoadagi murabbiylar shtabiga belaruslik mutaxassis qo'shildi
Bu haqda O'FA matbuot xizmati malum qildi.
"O'zbekiston olimpiya terma jamoasida Timur Kapadze shtabida faoliyat olib borgan belaruslik mutaxassis Mixail Eramchuk milliy terma jamoada ham bosh murabbiyga yordam beradi", – deyiladi xabarda.
Avvalroq Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi Maksim Lisicin O'zbekiston bilan uchrashuv oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashgan edi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasini oldinda JCH 3-saralash bosqichidan o'rin olgan Qirg'iz Respublikasiga qarshi muhim bahs kutib turibdi. Uchrashuv 20 mart kuni "Bunyodkor" stadionida 21:00 da boshlanadi.
Havola :
Fikrlar