02 apr 19:12
Yangiliklar
SHaxmat
Tohirjonova - rapid yo'nalishida Osiyo chempioni!
Poytaxtimizda 8 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqaning ikkinchi kungi bahslari bo'lib o'tdi. Hamyurtimiz xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova 18 yoshlilar o'rtasida o'tkazilgan rapid yo'nalishida Osiyo chempioni bo'ldi.
Tohirjonova 7 imkoniyatdan 6 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Kumush medal yana bir hamyurtimiz Nilufar Yoqubboevaga nasib etdi. U 5 ochko to'pladi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra vetnamlik Lin Xan Dong bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar