So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

10 iyu 17:30
Yangiliklar

SHaxmat

Tohirjonova Xitoydagi kuchlilar turnirida mag'lubiyatsiz dona suryapti FOTO

Xitoyning CHjeczyan provinciyasi Yuechen okrugi SHaosin shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli xalfaro turniri bo'lib o'tmoqda.

Umumiy sovrin jamg'armasi 119 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Belt & Road China 2019 musobaqasida sayyoramizning kuchli shaxmat qirolichalari o'z mahoratini namoyish etyapti. Ular orasida grossmeysterimiz Gulruhbegim Tohirjonova ham mag'lubiyatsiz odimlamoqda. 

Tohirjonova bugungacha o'tkazilgan uchta turda mag'lubiyatga uchramagan to'rt nafar shaxmatchidan biri bo'lib turibdi. Dastlabki ikki partiyada xitoylik raqibalarini mag'lub etgan Gulruhbegim bugun 3-turda durang o'ynadi. U qora donalarda harakat qilib, reytingda o'zidan yuqorida turgan xitoylik Ju Jiner bilan murosaga keldi.

Xitoydagi xalqaro turnirda rossiyaliklar Aleksandra Kostenyuk, Olga Girya, hindistonlik Xarika Dronovalli, gruziyaliklar Nino Batsiashvili, Nana Dzagnidze, bolgariyalik Antoaneta Stefanova, ukrainalik Anna Ushenina singari mashhur grossmeysterlar dona surishyapti. 

Bugun o'tkazilgan 3-tur uchrashuvlaridan so'ng musobaqa jadvalida bir yo'la to'rt nafar shaxmatchi Antoaneta Stefanova, xitoylik Ju Jiner, mo'g'ulistonlik Batxuyag Munguntuul hamda Gulruhbegim Tohirjonova 2,5 tadan ochko jamg'arib, peshqadamlik qilishyapti. Ertaga 4-turda hamyurtimiz birinchi taxtada oq donalarda Stefanovaga qarshi bahs olib boradi. 

Malumot uchun, musobaqa g'olibi 40 000 dollarni qo'lga kiritadi. Ikkinchi o'ringa 20 000, uchinchi o'ringa 15 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli kafolatlangan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing