20 mar 09:12
Yangiliklar
Toj uchun davogarlar kurashi. Cakkizinchi turda murosayu madora
28 mart kuniga qadar davom etadigan musobaqa g'olibi shu yilning noyabrida London shahrida o'tkaziladigan supermatchda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Ushbu yagona yo'llanma uchun ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov, armanistonlik Levon Aronyan, amerikaliklar Fabiano Karuana va Uesli So, xitoylik Din Lijen hamda uch nafar rossiyalik grossmeysterlar Aleksandr Grishuk, Sergey Karyakin va Vladimir Kramnik bahs olib boryapti.
Kecha o'tkazilgan 8-tur uchrashuvlarida tomonlar murosaga kelishdi. Uchchala partiyada ham g'olib nomi aniqlanmadi. Uesli So bilan durang o'ynagan amerikalik Fabiano Karuana 5,5 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda.
8-tur, 19.03.2018
Grishuk – Kramnik
Mamadiyarov – Karyakin 1/2 - 1/2
Din Lijen – Aronyan 1/2 - 1/2
Uesli So – Karuana 1/2 - 1/2
9-tur, 20.03.2018
Uesli So – Grishuk
Karuana – Din Lijen
Aronyan – Mamadiyarov
Karyakin – Kramnik
8-turdan keyingi holat: 1. Karuana – 5,5; 2. Mamadiyarov – 5; 3-5. Grishuk, Din Lijen, Kramnik – 4; 6. Karyakin – 3,5; 7-8. Aronyan, So – 3.
Fikrlar