19 mar 12:30
Yangiliklar
Toj uchun davogarlar kurashi. Karuana yakka peshqadam bo'lib oldi
28 mart kuniga qadar davom etadigan musobaqa g'olibi shu yilning noyabrida London shahrida o'tkaziladigan supermatchda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Ushbu yagona yo'llanma uchun ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov, armanistonlik Levon Aronyan, amerikaliklar Fabiano Karuana va Uesli So, xitoylik Din Lijen hamda uch nafar rossiyalik grossmeysterlar Aleksandr Grishuk, Sergey Karyakin va Vladimir Kramnik bahs olib boryapti.
Peshqadam Karuana kecha o'tkazilgan 7-turda qora donalarda harakat qilishiga qaramay, Aronyanni mag'lubiyatga uchratdi. Mamadiyarov esa Grishuk bilan durang o'ynadi.
7-tur natijalari: Aronyan – Karuana 0-1, Karyakin – So 1-0, Grishuk – Mamadiyarov, Kramnik – Din Lijen durang.
7-turdan keyingi holat: 1. Karuana – 5; 2. Mamadiyarov – 4,5; 3-5. Grishuk, Din Lijen, Kramnik – 3,5; 6. Karyakin – 3; 7-8. Aronyan, So – 2,5.
8-tur juftliklari: So – Karuana, Mamadiyarov – Karyakin, Grishuk – Kramnik, Din Lijen – Aronyan.
Fikrlar