06 jan 08:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Tojikistonlik Nurullo Alievning UFC'dagi raqibi o'zgardi
11 yanvar kuni AQSHning Nevada shtati, Las-Vegas shahrida UFC'ning 2025 yildan o'rin olgan ilk turniri o'tkaziladi.
Tojikistonlik 25 yoshli aralash yakkakurash ustasi Nurullo Aliev ushbu musobaqa doirasida Isroil vakili Yanal Ashmozga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi.
Biroq Ashmoz musobaqada ishtirok eta olmaydigan bo'ldi. Bu haqda Nurullo Aliev o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali malum qildi. Endi Nurulloga amerikalik 31 yoshli Jo Solekki raqiblik qiladi.
Aliev hozirga qadar faoliyati davomida 9 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. UFC'dagi debyut jangida u Rafael Alvesni mag'lub etgandi. Solekki hisobida esa 13 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : VestnikMMA
Fikrlar