So’nggi yangiliklar

19:44Ҳусанов "Манчестер Сити"да мавсум футболчиси бўлишга даъвогарлик қилмоқда 0 19:23"Америкалик ватанпарвар сифатида айтаманки - Чимаев ғалаба қозонганди" - Сехудо 0 19:02"Ҳар бир ҳақорат учун жавоб берасан!". Имавов Стриклендга мурожаат қилди 0 18:41Инсайдер Макгрегорнинг кейинги жанги деярли аниқ эканлигини айтди 0 18:20Энцо Мареска "Ман Сити"да Хосеп Гвардиола ўрнини эгаллаши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 17:59Арман Царукян Хамзат Чимаевни мағлуб этгани учун 50 000 доллар тўлайди 0 17:38Белал Муҳаммад: "Чимаев улар туфайли мағлуб бўлди" 0 17:17"Уни фоҳиша дейишимни истайсизми?" Ронда Роузи Карано билан жанг ҳақида фикр билдирди 0 16:56Моуринью "Реал"га иккита талаб қўйди: Мбаппенинг тақдири маълум 0 16:35Чимаев мағлубиятидан кейин UFC`нинг энг яхши жангчилари рейтингида яхшигина пастлади 0 16:25UFC Нурсултон Рўзибоевнинг жангини расман эълон қилди (+ПОСТЕР) 0 16:14Навоийда белбоғли кураш бўйича мамлакат чемпионати ўтказилади 0 15:53Волковда UFC чемпионлиги учун жанг ҳақида кутилмаган тан олиш 0 15:32Флик чемпионлик унвонидан сўнг "Барселона" билан янги шартнома имзолади 0 15:11Эргашев Ғиёсовнинг чемпионлик жанги ҳақида: "У мана шу жангини ютса..." (+ФОТО) 0

14 mar 17:30
Yangiliklar

Boshqalar

Tokio-2020 sari yo'l: Yaponiyaning O'zbekistondagi elchisi Milliy olimpiya qo'mitasida mehmon bo'ldi

Umid Ahmadjonovning taklifiga binoan Yaponiyaning O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Ito Nobuaki bugun Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi.

Umid Ahmadjonovning taklifiga binoan Yaponiyaning O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Ito Nobuaki bugun Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi. Martabali mehmonni MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilovlar kutib olishdi. Tashrif davomida janob Nobuakiga elchixonaning uchinchi kotibi Keyko Kitamotto hamrohlik qildi.
Uchrashuv avvalida Umid Ahmadjonov suhbatni boshlar ekan, ikki mamlakat orasida ko'pgina sohalarda do'stona aloqalar yo'lga qo'yilganligiga etibor qaratdi. Yaponiya bilan, xususan, Yaponiya va O'zbekiston  futbol associaciyalari o'rtasida yaqin hamkorlik aloqalari o'rnatilganligi, bu borada Yaponiya FA bilan memorandum imzolangani, Umid Mahamadjonovichning o'zi shaxsan Tokioda mamlakat futbol associaciyasi rahbari bilan uchrashgani haqida so'zlab berdi.


Ayni paytda ham O'zbekistondagi futbol klublarida faoliyat yuritayotgan ko'pgina mutaxassislar Tokioda bo'lib turishibdi va ish tajribasini o'rganishmoqda. Bundan avvalroq futbol akademiyalarida faoliyat olib borayotgan murabbiylar ham Yaponiya futbol maktablari tizimini o'rganib qaytishgandi. Hullas, bu borada ishlar joyida.

MOQ rahbari endi ushbu aloqalarni yangi darajaga ko'tarish, Yaponiya Milliy olimpiya qo'mitasi bilan ham hamkorlik rishlarini o'rnatish istagida ekanligini takidlab o'tdi. O'zbekiston Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlikni jadal suratlarda davom ettirmoqda. Mamlakatimiz sportchilari kunchiqar yurtda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishlari, mahalliy iqlim va sharoitga moslashishlari uchun u erdagi xalqaro turnirlarda ishtirok etishlari foydadan holi bo'lmasligini, Yaponiya sportidan ko'p narsa o'rgansa bo'lishini alohida takidlab o'tdi MOQ Prezidenti.


SHoakrom Isroilov esa Yaponiyada va O'zbekiston davlat Jismoniy tarbiya universitetlari o'rtasida memorandum imzolanganligi, yaqin aloqalar yo'lga qo'yilganligini qayd etib o'tdi hamda yaponiyalik mutaxassislarni O'zbekistonga olib kelishda janob elchidan amaliy yordam ko'rsatishini so'radi.

Umid Ahmadjonov suhbat davomida Yaponiya dzyudo vatani ekanligi, Tokiodagi jahonga mashhur "Kodokan" dzyudo markazi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish niyati borligini izhor qildi. Mamlakatimizda dzyudo ancha ommalashganligi, o'zbekistonlik dzyudochilar ham yozgi Oliimpiya o'yinlarida muntazam ravishda sovrindorlar safidan joy olib kelishayotganligiga alohida urg'u berdi.

O'z navbatida janob elchi taklif uchun minnatdorchilik bildirdi. Suhbat avvalida janob Ito Nobuaki Umid Ahmadjonovni futbol bo'yicha O'zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyati bilan alohida tabrikladi. SHuningdek, Yaponiyaning "Mezbon shahar" dasturi asosida Maidzuru shahri bilan O'zbekiston MOQ o'rtasida memorandum imzolaganligidan xabardor ekanligini malum qildi.



Unga ko'ra, sport kurashlari va dzyudo bo'yicha terma jamoalarimiz Olimpiadaga Yaponiyada tayyorgarlik ko'rishadi. Elchi janoblari  shuningdek, O'zbekistonning boks va og'ir atletika bo'yicha terma jamoalarini ham Yaponiyada ko'rishdan xursand bo'lishini, sportning ushbu turlarida O'zbekiston jahonning etakchi mamlakatlari orasiga kirishini alohida takidlab o'tdi. Ushbu hamkorlik ikkala tomon uchun ham manfaatli bo'lishiga alohida urg'u berdi.

So'nggi yillarda JICA tashkiloti tomonidan yuborilgan bir necha yaponiyalik mutaxassislar o'zbekistonda karate va sportning boshqa turlarida volontyorlik asosida murabbiylik qilishdi. Bundan buyon ham u ushbu hamkorlikni davom ettirishga harakat qilishini aytib o'tdi.

Suhbat davomida Umid Ahmadjonov shuningdek, dzyudo, sport gimnastikasi, suzish, stol tennisi, engil atletika sport turlariga yaponiyalik murabbiylarni taklif etish masalasini ko'tardi.

MOQqa amalga oshirgan tashrifi davomida elchi Ito Nobuaki qo'mitaning muzeyi, tashkilot xududida joylashgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini ham kuzatdi va iliq taassurotlar bilan ortga qaytdi.


Uchrashuv so'nggida Umid Ahmadjonov va SHoakram Isroilovlar martabali mehmonga esdalik sovg'alarini topshirishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing