26 sen 13:30
Yangiliklar
Futbol

Tokio-2020 yo'lida. Futbolchilarimiz Osiyo chempionatida kimlarga qarshi o'ynashadi?
Bugun Tailand poytaxti Bangkok shahrida futbol bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qura tashlandi.
Musobaqaning ahamiyatli tomoni shundaki, chempionat yarim finaliga qadar etib borgan terma jamoalar kelasi yil yozda Tokioda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritishadi.
Qura natijalariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi musobaqa guruh bosqichida Janubiy Koreya, Xitoy va Eron terma jamoalarga qarshi bahs olib boradilar.
"A" guruhi: Tailand, Iroq, Avstraliya, Bahrayn.
"B" guruhi: Qatar, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Suriya.
"C" guruhi: O'zbekiston, Janubiy Koreya, Xitoy, Eron.
"D" guruhi: Vetnam, KXDR, Iordaniya, BAA.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar