So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

21 dek 07:58
Yangiliklar

Ot Sporti

Tokio Olimpiadasi uchun licenzion musobaqa Moskvada o'tkaziladi. Bu biz uchun ajoyib yangilik!

Ot sporti bo'yicha Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan delegaciya qatnashuvchilar orasida alohida hurmat-etiborga loyiq bo'ladi.

CHunki, sportning ushbu turida nafaqat chavandozlar, balki otlarga ham alohida etibor qaratish lozimdir. Bungacha O'zbekiston ot sporti bo'yicha Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmagan. 2018 yilgi Osiyo o'yinlariga kelibgina biz ilk marotaba o'z otlarimiz bilan musobaqada ishtirok etdik.

1991 yildan so'ng ot sporti bo'yicha Olimpiya o'yinlariga licenziya taqdim etuvchi musobaqalar asosan G'arbiy Evropa mamlakatlarida tashkil etilardi. Bu esa Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan O'zbekiston uchun ham Olimpiada licenziyasini qo'lga kiritish imkoniyatlarini sezilarli ravishda pasaytirib yuborardi. CHunki, veterinariya talablariga ko'ra otlar Evropa mamlakatlarida 90 kun karantinda bo'lishi lozim. Buning natijasida otlar bilan mashg'ulot o'tkazish imkoniyati kamayadi. Qolaversa, bu katta harajatlarni talab etadi.

Kuni kecha Xalqaro ot sporti federaciyasining yig'ilishida Tokio Olimpiadasiga licenzion musobaqalardan biri Moskva shahrida o'tkazilishi haqida qaror qabul qilindi. Bu bizga nima beradi? Yuqorida qayd etilganidek, G'arbiy Evropa mamlakatlaridan farqli ravishda biz otlar bilan birgalikda Moskva shahriga tezroq etib boramiz. SHuningdek, otlar uchun 90 kunlik karantin belgilanmagan. Bundan tashqari til, viza bilan bog'liq muammolar ham biz uchun boshog'riq bo'lmaydi, Evropaga otlar bilan borish uchun sarflanadigan harajatlar ham qisqaradi. Biz sanab o'tgan «plyus» tomonlar sportchilarimizning licenziya olish uchun imkoniyatlarini sezilarli ravishda oshiradi.

Qayd etish lozimki, licenzion musobaqani nisbatan yaqin bo'lgan Moskva shahrida o'tkazish uchun Rossiya, O'zbekiston va Qirg'iziston ot sporti federaciyalari hamjihatlikda ish olib borishdi (CHunki, Markaziy Osiyoda ot sporti bo'yicha bunday licenzion musobaqani o'tkazish uchun jahon standartlari talablariga javob beradigan inshoot mavjud emas. Eng yaqini Moskva shahrida joylashgan). Qolaversa, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan bu borada Xalqaro ot sporti federaciyasiga murojaatnomalar yuborildi. Bu esa o'z samarasini berdi va Moskva shahri Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi musobaqaga mezbonlik qilish huquqini qo'lga kiritdi.

Umid qilamizki, 2019 yilning 27-31 iyul kunlari Rossiya Federaciyasi poytaxtida o'tkaziladigan musobaqada o'zbek chavandozlari tarixda ilk marotaba Olimpiya o'yinlari licenziyasini qo'lga kiritadilar. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing