So’nggi yangiliklar

19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0 09:01Жаҳон чемпионатида қатнашадиган Ўзбекистон cпорт курашчилари маълум 0 20:46"Ғазалкент" клуби яна бир компания билан ҳамкорлик бошлаганини эълон қилди 0 19:00"Ортга йўл йўқ эди". Магомед Анкалаев Перейра қарши жангдаги мағлубият сабабини айтди 0

18 noy 20:55
Yangiliklar

Tokio-2020, Zamonaviy beshkurash

Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olgan beshkurashchilarimizga pul mukofoti topshirildi

Xitoyning Uxan shahri mezbonlik qilgan zamonaviy beshkurash bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionati o'zbek sporti uchun unutilmas musobaqa sifatida tarixda qoldi.

Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beradigan mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashib, sportimiz tarixida ilk bor yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma oldi. Terma jamoamiz Alise Faxrutdinova hamda Aleksandr Savkinning ajoyib ishtiroki orqali Tokio Olimpidasiga bir emas ikkita licenziya qo'lga kiritdi. Qolaversa, sportchilarimiz miks estafetasida shohsupaning ikkinchi pog'onasiga ko'tarildilar.

Sportchilarimiz bugun tunda Toshkent xalqaro aeroportiga qaytib kelishdi. Qahramonlarimiz tantanali kutib olinganidan so'ng shu kunning o'zida ularga davlatimiz tomonidan ajratilgan pul mukofotlari topshirildi. Belgilab qo'yilganidek, Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilarimiz Alise Faxrutdinova hamda Aleksandr Savkin 100 million so'mdan, ularning murabbiylari esa 50 million so'm miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo'ldilar.

Mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi mutasaddilari, qolaversa, federaciyaga biriktirilgan masul tashkilotlar “Bekobod cement” AJ, va “Kvarc” AJ vakillari ham ishtirok etishdi. 

“Natijalarimizni mana shunday mukofotlar bilan taqdirlashayotgani uchun hukumatimizga tashakkur aytib qolaman. Federaciyamiz bizning bemalol shug'ullanishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Nasib qilsa, Tokio Olimpiadasida bildirilgan bunday ishonchni oqlashga vada beramiz”, – dedi Alise Faxrutdinova. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing