25 mar 10:31
Yangiliklar
Boks/MMA
To'lqin Qilichev bokschilarimizning Qozog'istondagi yig'ini haqida gapirdi
Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To'lqin Qilichev Qozog'istondagi qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlari to'g'risida fikr bildirdi.
"Bu yig'inlar — Mo'g'ulistonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati va Braziliyadagi Jahon kubogi bosqichiga maxsus tayyorgarlik hisoblanadi.
SHundan so'ng, biz O'zbekistonda yig'inlar o'tkazamiz. Xitoyda bo'lib o'tadigan Jahon kubogi bosqichi oldidan yana Qozog'istonda yig'ilamiz va ikki qardosh xalq bokschilari ishtirokida yana bir qo'shma yig'in o'tkazamiz.
Kelgusida Jahon chempionatlari va Olimpiada o'yinlari kabi yirik musobaqalarga birgalikda yig'ilib, qo'shma tayyorgarlik olib boramiz. Bu yuqori natijalarga erishishda muhim omil hisoblanadi", dedi Qilichev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar