22 mar 18:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Tom Aspinall: "Agar Jons faoliyatini yakunlasa, bu men bilan jangdan qochganini anglatadi"
Tom Aspinall Jon Jons bilan jang qilish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
"Jonni uchun qochishga joy qolmadi. U yo men bilan jang qilishi, yoki sportni tark etishi kerak. Agar u faoliyatini yakunlasa, hamma bu uning men bilan jangdan qochganini anglatishini tushunadi.
Hozirda divizionda boshqa munosib davogar yo'q", - dedi UFC og'ir vazndagi vaqtinchalik chempioni Tom Aspinall.
Avvalroq jurnalist Ariel Xelvani Jon Jons va Tom Aspinall jangi sentyabrdan avval bo'lib o'tmasligini malum qildi. Jons tayyorgarlik uchun olti oy vaqt talab qilmoqda.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar