24 iyu 13:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Tomas Bax: "Rossiya butunlay siyosiylashgan raqobatni tashkil etishga harakat qilmoqda"
Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi rahbari Tomas Baxning so'zlariga ko'ra, Rossiya hukumati siyosiylashgan musobaqalar o'tkazmoqchi.
16 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024 yil Moskvada birinchi yozgi Do'stlik o'yinlarini o'tkazishga qaror qilgani malum bo'ldi.
Xuddi shu yili Parijda yozgi Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tadi. Rossiyalik sportchilarni Parijdagi Olimpiadaga qabul qilish bo'yicha qaror hali qabul qilingani yo'q.
"Rossiya hukumati bizni siyosiy betaraflikni buzganlikda aybladi. Ayni paytda aynan mana shu hukumat butunlay siyosiylashgan sport tadbirini tashkil etishga urinmoqda", - dedi Tomas Bax.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar