23 iyu 15:46
Yangiliklar
Tennis
Tommi Pol Queen's Club finalida
Dunyoning 13-raketkasi Tommi Pol cinch Championships turnirining final ishtirokchisiga aylandi.
Amerikalik tennischi 1/2 finalda ATP reytingida 23-pog'onada borayotgan hamyurti Sebastyan Kordani mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 7/6(1). Vatandoshlarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Korda oldinda bormoqda - 4:2.
Bir soatu 39 daqiqa davom etgan bahsda Pol 5, Korda 3 ta eys zarbani amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Breyklar bo'yicha ustunlik g'olib tennischi tomonda bo'ldi. Endi Tommi Queen's Club bosh sovrini uchun italiyalik Lorenco Muzettiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar