29 okt 14:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Toni Fergyusonning rekordi xavf ostida: Bunga Rafael dos Anos aybdor!
Engil vazn toifasida 40 yoshli sobiq UFC chempioni Rafael dos Anos jang qilishda davom etadi.
U 26 oktyabr kuni Abu-Dabida tashkil etilgan UFC 308 turnirida Jeff Nilga qarshi jang qilib, muddatidan oldin mag'lub bo'lgandi.
"Menimcha, bu jarohat Nil va men bir vaqtning o'zida tepganimizda sodir bo'lganga o'xshaydi, o'sha paytda men tizzam ostidan qandaydir ovozni eshitdim. Butun faoliyatim davomida endigina ikkinchi marta jangdan keyin kasalxonaga tushib qoldim.
Albatta, men 40 yoshimni boshqacha nishonlashni xohlardim. Lekin hammasi joyida, endi men dam olaman, tuzalib ketaman, oilam bilan vaqt o'tkazaman va keyin qaytaman. Faoliyatimni hali yakunlaganim yo'q, so'nggi so'zimni ham aytganim yo'q", deb yozdi Rafael ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Havola :
Fikrlar