So’nggi yangiliklar

13:00FIDE Самарқанддаги Олимпиада олдидан Беларусь шахматчиларига нисбатан қўлланган барча санкцияларни бекор қилди 0 12:32Жаско коач Рамазон Темировнинг вазни қандай ҳолатда эканини айтди 0 11:59AIPS ЖЧ-2026нинг энг яхши ўн нафар футболчиси номини эълон қилди 0 11:27Магомед Анкалаев Алекс Перейрага қарши реваншга чиққанидан афсусдалигини тан олди 0 10:55Рамазон Темиров илк бор Стив Эрцег ҳақида гапирди 0 10:24Тайсон Фьюрининг жанги жонли эфирда намойиш этилмайди 0 09:52МЮ афсонаси Аргентинанинг финалдаги ўйини ҳақида: "Бир қоп аҳлатдек ўйнашди" 0 09:11Бугун Иқболжон Холдаров ва Самандар Олимов Арманистонда рингга чиқади 0 08:39Венгриялик машҳур велосайёҳ Олимпия шаҳарчасида бўлди 0 08:0239 ёшли Майкл Пейж: "Ҳанузгача UFC камарини қўлга киритишга қодирман, деб ҳисоблайман" 0 19:10Суперлигада мураббийлар "рокировкаси": танаффусдаги кутилган ва кутилмаган тайинловлар 0 18:37Хабиб Нурмагомедов ЖЧ–2026нинг рамзий терма жамоасини тузди. Унда Месси ва Роналду йўқ 0 17:53Асу Алмабаев RAF Лигасидаги илк жанги эълон қилинди 0 17:26Музаффаров ва Холдаров Ереванда илк жангларини ўтказишди 0 16:54Винисиус косметик операция қилдирди 0

26 mar 13:30
Yangiliklar

SHaxmat

Top-10`da birgina shaxmatchimiz qoldi (barcha malumotlar)

Poytaxtimizda o'zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan xalqaro turnirda 6-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

Bu yil o'z tarixida 18-marotaba tashkil etilayotgan, mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir shveycarcha tizimda 10 turdan iborat bo'ladi. Ishtirokchilar ikki guruhda sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishyapti. Asosiy hisoblangan A guruhida 1800 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar jam bo'lgan. V guruhida esa reytingi 1999 va undan past bo'lgan ishtirokchilar dona surmoqda. 

Kuchlilar jam bo'lgan A guruhida hindistonlik xalqaro grossmeyster Nihal Sarin (2687) birinchi raqam ostida saralangan. U kecha 6-turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, grossmeysterimiz Abdumalik Abdusalimov (2525)ni mag'lubiyatga uchrata oldi. Ushbu mag'lubiyat shu kungacha shaxmatchilarimiz orasida eng yaxshi natija qayd etib kelayotgan Abdusalimov uchun birinchisi bo'ldi. 

Ikkinchi raqamli shaxmatchi sifatida tasniflangan yosh grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov (2670) nihoyat g'alaba qozondi. U oq donalarda qirg'izistonlik Asilbek Abdijapar (2361)dan ustun keldi va o'z ochkolarini 4 taga etkazib oldi. Yosh shaxmatchimiz Humoyun Begmuratov (2430) 6-turda qora donalarda harakat qilganimga qaramay, reytingda o'zlaridan yuqorida borayotgan hindistonlik grossmeyster Aditya Mittal (2550) bilan durang o'ynadi. Tur oldidan 4 ochkoga ega bo'lib turgan hamyurtimiz Muhammadzohid Suyarov (2474) qora donalarda hindistonlik grossmeyster Leon Mendonka (2643)ga yutqazdi. 

Bu turda o'ziga xos o'zbek derbisida Almas Rahmatullaev Saidakbar Saydaliev bilan murosaga keldi. Grossmeysterimiz Ortiq Nig'matov (2501) rossiyalik shaxmatchi bilan durang qayd etgan bo'lsa, Muhiddin Madaminov (2550) tojikistonlik Muhammad Husenxodjaevga yutqazib qo'ydi.   

Oltinchi turdan so'ng vengriyalik Sanan Syugirov 5,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Kecha u eng yaqin taqibchisi bo'lib turgan singapurlik Tin Cingyaoni mag'lubiyatga uchratdi. Turkmanistonlik Saparmirat Atabaev 5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'ringa ko'tarilib oldi. To'rt nafar hind shaxmatchilari hisobida ham 5 tadan ochko bor. Hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi ko'rsatkich Humoyun Begmuratovda, u 4,5 ochko bilan 8-pog'onadan joy olgan. 

Bugun 7-turda peshqadam Sanan Syugirov qora donalarda Nihal Saringa qarshi o'ynaydi. Humoyun Begmuratov oq donalarda FIDE bayrog'i ostida ishtirok etayotgan rossiyalik grossmeyster Arseniy Nesterovga qarshi bahs olib boradi. Ochkolarini 4 taga etkazib olgan SHamsiddin Vohidov eronlik Radin Yadegar bilan hisob-kitob qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing