16 okt 19:23
Yangiliklar
Boks/MMA
"Topuriya endi avvalgidek bo'la olmaydi" - Peddi Pimblett
UFC jangchisi Peddi Pimblett Iliya Topuriya Jastin Getjiga qarshi jangda mag'lub bo'lganidan keyin o'zini tiklay olmaydi deb hisoblamoqda.
"Hozir u ruhan singan. Axir u avval hech qachon mag'lub bo'lmagan. SHuning uchun qaytib kelganida avvalgidek bo'la olishiga shubha qilaman. Men birinchi jangimdayoq, 18 yoshimda mag'lub bo'lganman va o'zimni qayta tiklashimga to'g'ri kelgan. Keyin 22–23 yoshlarimda yana shunday qilishimga to'g'ri keldi. U esa avval hech qachon mag'lub bo'lmagan, yoshi ham taxminan 27 da. Uning atrofida mag'lubiyat nimaligini bilmaydigan jangchi sifatidagi shuhrat bor edi", — dedi Pimblett All Out Fighting YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : All Out Fighting
Fikrlar