06 fev 18:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Topuriya engil vaznga o'tish haqida: "Bu aynan men istaydigan narsa. Ammo UFC xohlasa..."
Iliya Topuriya yarimengil va engil vazn toifalarida jang qilishga tayyor.
"O'zim engil vazn toifasiga o'tishni istayman. UFCdagilar ham buni bilishadi. Ammo baribir yakunda qarorni ular qabul qilishadi. Ular biznesni qanday qilishni bilishadi, tajribalari katta.
Agar ular yarimengil vazn toifasida kamar himoya qilishni aytishsa, shunday qilaman. Ammo ular vazn toifasini ko'tarish kerakligini aytishsa, shunday qilaman. Va bundan xursand bo'laman", - dedi Iliya Topuriya.
Havola :
Manba : MainEventTV
Fikrlar