So’nggi yangiliklar

11:11Райан Гарсия Теофимо Лопес билан жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 10:32"Реал" катта номли футболчилар кетидан қувиб, ишончни йўқотди" - Лапорта 0 09:44Ковингтон ва Диллон Дэнис яна учрашади (ПОСТЕР) 0 09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0 08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0 19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0

05 sen 08:28
Yangiliklar

Boks/MMA

Topuriya mag'lubiyatidan uch oy o'tib, nihoyat sukunatni buzdi

Jastin Getjiga qarshi birlashtiruvchi jangdagi shov-shuvli mag'lubiyatdan deyarli uch oy o'tib, Iliya Topuriya o'zining muvaffaqiyatsiz chiqishi haqida fikr bildirdi.

Ispaniya-gruziyalik sobiq chempion bu mag'lubiyat uni yanada kuchliroq qilganiga ishonch bildirdi.

"Hayotda doimo g'alaba qozonishning iloji yo'q va bu tabiiy hol, chunki mag'lubiyatning o'zi hech narsani anglatmaydi. Muhimi — qanday mag'lub bo'lishingizda. Atrofingiz qorong'ulikka cho'mganda kim bo'lishni xohlaysiz? Pastda qolishni tanlaysizmi yoki o'rningizdan turishga qaror qilasizmi?

O'ylaymanki, Xudo men buni boshdan kechirishimni va hech qanday g'alaba menga o'rgata olmaydigan narsalarni o'rganishimni xohladi. Do'zaxni bosib o'tib, men avvalgidan ham kuchliroq bo'ldim. CHunki chempion — hech qachon yiqilmaydigan emas, balki har doim o'rnidan turish uchun sabab topa oladigan insondir.

Xarakter hamma narsa siz xohlagandek ketayotganda emas, balki hamma narsa rejadan chiqib ketganda shakllanadi. Hech kim sizdan tortib ololmaydigan yagona g'alaba — bu sizning xarakteringizdir. Biz qaytamiz!", — dedi "El Matador" ijtimoiy tarmoqlarda elon qilingan videoda.

O'tgan yilning iyun oyida yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamaridan voz kechgan Iliya Topuriya CHarlz Oliveyrani nokautga uchratib, engil vaznda vakant bo'lgan UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. Biroq joriy yilning iyun oyida u birlashtiruvchi jangda Jastin Getjiga kamarini boy berdi.

Faoliyatidagi ilk mag'lubiyatdan so'ng Topuriya hech qanday bayonot bermagan edi, ammo uning jamoasi Iliyaning yil oxirida oktagonga qaytishi mumkinligini malum qilgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing