19 sen 09:30
Yangiliklar
Tennis

To'qqiz nafar tennischimiz CHimkentdagi turnirda
Bugun Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari start oladi.
Unda bir yo'la to'qqiz nafar tennischimiz bahslarga kirishadi. Turnirning birinchi raketkasi sifatida aynan hamyurtimiz Sanjar Fayziev qayd etilgan. Istedodli Jo'rabek Karimov esa beshinchi raqam ostida harakat qiladi.
SHuningdek, hamyurtlarimizdan Humoyun Sultonov, SHonig'mat SHofayziev, Pavel Coy, Sardor Po'latov, SHarobiddin Abzalov, Sergey Fomin, Grigoriy Korobeynikovlar bosh mukofot uchun bahslarda o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar