05 mar 07:22
Yangiliklar
To'rabek g'alaba bilan boshladi, bugun 3 bokschimiz ringga chiqadi
Musobaqaning ikkinchi kuni O'zbekiston terma jamoasi azolarining yurishi boshlandi. CHarm qo'lqop ustalarimizning ishtirokini To'rabek Habibullaev boshlab berdi. -80 kg vazndagi bokschimiz ilk davradayoq kuchli raqib, iordaniyalik Husseyn Iashishga qarshi jang o'tkazdi. Uch raund to'liq davom etgan jangda Habibullaev raqibini 5:0 hisobida taslim etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Bugun licenzion turnirda yana 3 nafar bokschimiz o'z yurishini boshlaydi. Ruslan Abdullaev, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev va Rayhona Qodirovaga bo'lajak janglarda g'alaba hamda omad yor bo'lishini tilaymiz.
Bugungi ringga chiqadigan bokschilarimiz:
-63,5 kg: 1/32 final. Ruslan Abdullaev - SHiva Tapa (Hindiston)
-71 kg: 1/32 final. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Islam Yachi Yusuf (Jazoir)
-60 kg: 1/16 final. Rayhona Qodirova - SHeila Martines (Ispaniya)
Fikrlar