10 noy 18:40
Yangiliklar
Dzyudo
To'raev Toshkent Gran-prisi g'olibiga aylandi
Poytaxtimizda dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-prisi davom etmoqda.
Bugun musobaqaning ikkinchi kuni terma jamoamiz uchun omad keldi. -73 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Hikmatilloh To'raev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi.
To'raev finalga qadar Ruminiya, SHveciya, Braziliya, BAA vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. Hal qiluvchi final uchrashuvida germaniyalik Vandtkedan ustun keldi va Toshkent Gran-prisi g'olibligini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar