30 iyu 14:54
Yangiliklar

Toronto (ATP). Monfis Raonichni to'xtatdi va boshqa natijalar
Rogers Cup turnirining mukofot jamg'armasi 4 691 730 dollarni tashkil qiladi. Kutilmaganda musobaqaning to'rtinchi raketkasi kanadalik Milosh Raonich francuz Gael Monfisga ikki setda ham bir xil 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Sayyoramizning birinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovich beshinchi raqam ostida tasniflangan chexiyalik Tomash Berdixni 7:6(6), 6:4 hisobida dog'da qoldirdi. Yaponiyalik Kei Nisikori va shveycariyalik Sten Vavrinkalar ham raqiblaridan ustun kelib, yarim finalga yo'l olishdi.
1/4 FINAL
Sten Vavrinka (SHveycariya, 2) – Kevin Anderson (JAR) – 6:1, 6:3
Kei Nisikori (Yaponiya, 3) – Grigor Dimitrov (Bolgariya) – 6:3, 3:6, 6:2
Novak Jokovich (Serbiya, 1) – Tomash Berdix (CHexiya, 5) – 7:6 (6), 6:4
Gael Monfis (Franciya, 10) – Milosh Raonich (Kanada, 4) – 6:4, 6:4
Fikrlar