12 avg 12:31
Yangiliklar
Tennis

Toronto (WTA): Dunyoning birinchi raketkasi yurishini to'xtatdi
Kanadaning Toronto shahrida tennis bo'yicha WTA Premier 5 toifasidagi nufuzli turnir davom etmoqda.
Kanada Ochiq chempionati nomini olgan Rogers Cup turnirining sovrin jamg'armasi 2 million 434 ming 389 dollarni tashkil qiladi. Kutilmaganda dunyoning birinchi raqamli tennis malikasi Karolin Plishkova yarim final ostonasida o'z yurishini to'xtatdi.
CHexiyalik tennischi turnirda oltinchi raqam ostida tasniflangan daniyalik Karolin Voznyackiga yutqazib qo'ydi. To'rt daqiqasi kam 3 soat davom etgan uchrashuvda Voznyacki 7:5, 6:7(3), 6:4 hisobida zafar quchdi. Uning yarim finaldagi raqibasi turnir kashfiyotiga aylangan amerikalik Sloan Stivens bo'ladi.
Havola :
Fikrlar