13 avg 10:25
Yangiliklar
Tennis

Toronto (WTA). Voznyacki musobaqa kashfiyotini to'xtatdi
Kanadaning Toronto shahrida o'tkazilayotgan “Premer” turkumidagi nufuzli tennis turniri o'zining hal qiluvchi bosqichiga chiqdi.
Musobaqaning yarim final bosqichida daniyalik Karolin Voznyacki turnir kashfiyotiga aylangan amerikalik Sloan Stivensni 6:2, 6:3 hisobida mag'lub etdi. Dunyoning oltinchi raketkasi 1 soatu 23 daqiqa davom etgan bahsda 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi.
SHu tariqa, dunyo
reytingida 934-o'rinni egallab turgan Sloanning ertagi yakunlandi. Endi u ertaga
elon qilinadigan reytingda taxminan 800 pog'ona yuqorilab, TOP-150 tennischilar
safiga kirib oladi.
Havola :
Fikrlar