29 avg 12:45
Yangiliklar
Tennis

To'rt nafar tennischimiz Almati turnirida
Bugun Qozog'istonning Almati shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasida tennis bo'yicha nufuzli turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu Almaty Cup 2016 musobaqasining asosiy to'ridan to'rt nafar tennischimiz ham ishtirok etyapti.
Qura natijasiga ko'ra, Oqgul Omonmurodova ilk bosqichda rossiyalik Anna Blinkovaga, Arina Folc yana bir rossiyalik tennischi Ekaterina Yashinaga qarshi kortga chiqadi. Ikki tennischimiz Polina Merenkova va Albina Xabibulina esa o'zaro uchrashuvda munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar