02 sen 08:58
Yangiliklar
To'rt yil oldin Muradovni yutgan Borralo Xamzat CHimaevning "vyzov"iga "otvet" qildi
"Nihoyat, kimdir mening ismimni tilga oldi! Birodarim, seni qanchalik hurmat qilishimni bilasan. Men buni noyabr oyida "Medison Skver Garden"da yoki dekabrda "Ti-Mobayl" arenada amalga oshirishga tayyorman. Menga shunchaki xabar ber", – deb yozdi braziliyalik jangchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida UFC`ning o'rta vazn toifasidagi sobiq chempioniga murojaat qilib.
Avvalroq rossiyalik jangchi may oyida bahsli hakamlar qarori bilan mag'lub bo'lgan SHon Striklend bilan chempionlik revanshini kutib, bekor o'tirishni istamasligini malum qilgan edi. U amerikalikdan tashqari, Kayo Borralo, Drikus Dyu Plessi va Nassurdin Imavov bilan ham jang qilishga tayyorligini bildirgan.
Malumot uchun, o'tgan yilning sentyabr oyida Kayo Borralo UFC`dagi ettita g'alabadan iborat seriyasini to'xtatib, hakamlarning yakdil qarori bilan Nassurdin Imavovga imkoniyatni boy bergandi. Joriy yilning mart oyida esa braziliyalik jangchi Rene de Ridder ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, muvaffaqiyatli yo'liga qaytdi.

Fikrlar