16 jan 08:00
Yangiliklar

To'rtta uchrashuvda g'alabaga erishgan Ismoilov AQSH turniri asosiy to'riga chiqdi
Sovrin jamg'armasi 15 000 dollardan iborat ushbu musobaqada hamyurtimiz Temur Ismoilov ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning to'rtinchi raketkasi o'z ishtirokini saralash bahsidan boshladi.
Saralash turnirida ikkinchi raqam ostida tasniflangan Ismoilov ketma-ket 4ta uchrashuvda g'alabaga erishib, asosiy to'rga yo'llanma oldi. U italiyalik Jiakomo Pezzolini 6:2, 6:2, argentinalik Flavio Matteolini 6:2, 6:2, amerikalik CHeys Peres-Blankoni 6:3, 6:3, yana bir AQSH vakioi Evan Binoeni 6:4, 6:1 hisobida engib, asosiy to'rga chiqdi.
Qura natijasiga ko'ra, Temur Ismoilov Sanrays turnirining asosiy to'r bahslari ilk davrasida imtiyozli yo'llanma asosida ishtirok etayotgan amerikalik Jordan Parkerga qarshi kortga chiqadi. Tennischimiz juftliklar bahsida ishtirok etmaydi.
Fikrlar