So’nggi yangiliklar

15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0

14 jan 09:57
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlarida qaysi sport turlarini ko'ramiz?

Teglar :  Osiyo o'yinlari
Yana 4 yildan so'ng poytaxtimiz yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlariga mezbonlik qiladi.

Bu kabi yirik kompleks musobaqalarda sport turlarini tanlash bo'yicha mezbon mamlakatning huquqi bo'ladi. Reglamentga ko'ra, musobaqa dasturida kamida 9 ta Olimpiya o'yinlari oilasidagi sport turi bo'lishi lozim. O'rganishlar shuni ko'rsatmoqdaki, dastlabki uchta yoshlar Osiyo o'yinlari dasturiga sport kurashlari, boks, kamondan otish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, voleybol, triatlon, velosport kabi sport turlari kiritilmagan.

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida «Toshkent-2025» IV yoshlar Osiyo o'yinlarining tashkiliy masalalariga bag'ishlangan ilk yig'ilish bo'lib o'tdi. Uni MOQ Bosh kotibi, «Toshkent-2025» yoshlar Osiyo o'yinlari direkciyasining direktori Oybek Kasimov olib bordi. Uchrashuvda MOQ Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev, shuningdek, sport federaciya va associaciyalarining bosh kotiblari va xalqaro bo'lim mutasaddilari ishtirok etishdi.

“«Toshkent-2025» yoshlar Osiyo o'yinlariga puxta tayyorlanishimiz kerak. Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomalari va Yoshlar forumidagi nutqlarida bu haqida alohida to'xtalib o'tilgan edi. Tabiiyki, biz musobaqada atletlarimizning imkoniyati yuqori bo'lgan sport turlarini tanlashimiz lozim. Bu borada federaciyalarga murojaat yo'llaganimizda bor yo'g'i 6 ta javob xati oldik xolos. Qolaversa, musobaqa dasturidan joy olish uchun O'zbekiston kurash federaciyasi va O'zbek jang sanati federaciyasidan tashabbus chiqdi. Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalarimizdan bu borada tezroq o'z takliflarini berishlarini so'rab qolamiz”, – dedi Oybek Kasimov.

Yig'ilish davomida har bir federaciya mutasaddilari bilan musobaqalarni o'tkazish uchun mo'ljallangan sport obektlarining holati, yoshlarimizning imkoniyati haqida batafsil suhbatlashildi. SHuningdek, yoshlar o'rtasida sport ommaviyligini oshirish maqsadida yil davomida kamida 20 ta xalqaro musobaqalarni mamlakatimizda o'tkazish, xalqaro federaciyalar rahbarlarini O'zbekistonga taklif qilish, nufuzli xalqaro sport tashkilotlariga yurtimiz mutaxassislarini ko'proq jalb etilishini taminlash kabi masalalar ham ko'rildi.

Malumot uchun, yoshlar Osiyo o'yinlari 14-18 yosh oralig'idagi (futbolda U-14 jamoasi) sportchilar o'rtasida 5 kundan kam va 8 kundan ko'p bo'lmagan kunlar oralig'ida o'tkazilishi lozim. Musobaqa davomida sportchi va murabbiylar, OAV va boshqa mehmonlar bilan taxminan 6000 nafar mehmon mamlakatimizga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing