So’nggi yangiliklar

14:50UFC'да Асу Алмабаевнинг чемпионлик учун курашиш имконияти ҳақида гапирилди 0 14:24Шаҳрам Ғиёсов барча даврларнинг энг яхши боксчиси ким эканини айтди 0 13:44UFC P4P рейтинги янгиланди: Харрисон Шевченкони ортда қолдирди, Ган Топ-10`да! 0 13:13"Манчестер Сити" Ҳоландни 175 миллион еврога сотишга тайёр 0 12:42Россияни четлаштирган халқаро хоккей федерацияси сайти бузиб кирилди 0 12:11Чимаев чемпионлик унвонини ҳимоя қилади. Рақиб собиқ UFC чемпиони + ПОСТЕР 0 11:40Ўзбекистонда ҳокимларнинг спорт бўйича маслаҳатчиси лавозими жорий этилди 0 11:09Бразилияда қарздорликка қарши жиддий кураш бошланди 0 10:38Осиё Миллатлар кубогида икки шахматимиз индивидуал совринга эга чиқди + ФОТО 0 10:07UFC мухлислари Кормьени шарҳловчиликдан бўшатишни талаб қилмоқда 0 09:36"Шара Буллет"нинг рақиби жангни сотиш ҳақидаги айбловига жавоб берди 0 09:05Месси AFA'дан ўз исмидан тижорий мақсадларда фойдаланишни тўхтатишни талаб қилади 0 08:34Волков UFC билан янги шартнома имзолади 0 08:03Жей Опетая cафдан чиқди, Деонтей Уайлдер рақибсиз қолди 0 07:32Сирил Ган Жош Хокит билан жангдан сўнг илк бор баёнот берди 0

19 sen 16:30
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik masalalari qayta muhokama qilindi

Toshkent-2025 yoshlar Osiyo va Para Osiyo o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rish allaqachon dolzarb masalalardan biriga aylangan.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida ushbu muhim musobaqalarga olib borilayotgan tayyorgarlik yuzasidan yig'ilish o'tkazildi. Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosari Azizjon Kamilov, shuningdek, federaciya va associaciyalar masullari ishtirok etishdi.

Uchrashuvni Oybek Omilovich olib borar ekan, O'yinlarga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rish, uni yuqori saviyada o'tkazish qanchalik muhimligi haqida to'xtaldi. SHuningdek, yoshlar Osiyo o'yinlari 2025 yilning sentyabr, yoshlar Para Osiyo o'yinlari esa oktyabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilayotgani, uning dasturiga kiruvchi taxminan 90 foiz sport turi aniq bo'lib ulgurgani haqida malumot berdi.

Yig'ilish davomida federaciyalar bilan har bir sport turlaridagi bellashuvlar qaysi obektda necha kun davomida o'tkazilishi, qancha dasturlarda medallar o'ynalishi borasida fikr almashildi. O'z navbatida, Azizjon Yakubjanovich barcha sport turidagi bellashuvlar uchun zarur inventarlar ro'yxatini shakllantirish masalasiga alohida to'xtalib o'tdi.

Yakunda federaciyalarga O'yinlarni o'tkazish bo'yicha tashkil etilgan direkciya bilan ishlovchi masullarni biriktirish, sport dasturlarini ko'rib chiqish, xalqaro va Osiyo federaciyalari tomonidan ajratiladigan hakamlar va texnik delegatlar bo'yicha malumot shakllantirish, bahslarni o'tkazish uchun zarur inventarlar ro'yxatini ko'rib chiqish borasida ko'rsatmalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing