05 apr 10:12
Yangiliklar
SHaxmat

“Toshkent bahori” boshlandi FOTOGALEREYA
SHaxmatga ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-o'smirlar sport maktabida ananaviy “Toshkent bahori” turniri start oldi.
Musobaqada 150 nafardan ziyod sportchi “A” va “B” guruhlariga bo'lingan holda o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazmoqda. Birinchi turdan so'ng “A” guruhida 34 nafar shaxmatchi g'alaba nashidasini surdi. 12 nafar shaxmatchi durangga imzo chekdi.
“B” guruhida ham g'oliblar soni - 34 nafar. Ammo bu guruhda bironta ham durang qayd etilmagan. Musobaqaning so'nggi kuni, yani 12 aprelda rapid yo'nalishi bo'yicha ham bellashuvlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar