So’nggi yangiliklar

15:04Фақат уч мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб эта олган 0 14:43Мирафзал Ахтамов қайтмоқда: У Усман Нурмагомедов билан бир кардда жанг қилади, рақиб ҳам аниқ (Тўлиқ кард) 0 14:22Тўрабек Назарқулов Жаҳон чемпионати совриндори! 0 14:01Муҳаммаджон Қурбонов Naiza 76 турнирида бразилиялик рақибини нокаутга учратди (ВИДЕО) 0 13:40"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 млн евро тўлашга тайёр 0 13:19Телманов Junior Asian Cup 2025 ғолиби! Абдураззоқовда иккита медаль, Ҳимматов ҳам шоҳсупада 0 12:58Асу Алмабаевга 25 та ғалабаси бор жангчи "вызов" ташлади 0 12:37Ўзбекистон пара велоспорт терма жамоаси катта таркибда ЖЧга боради 0 12:16Лука Модрич А Серия рекордини ўрнатди 0 11:53Нодирбек Якуббоев асосий рақиби билан дуранг ўйнади 0 11:32Мартон Фучович Winston-Salem Open чемпиони! 0 11:11Исроил Мадримовнинг вазнида кутилмаган чемпион 0 10:43Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи 0 10:17Россиялик теннисчи Мексикада чемпион бўлди 0 09:51Усман Нурмагомедов: "Бир йилдан кейин UFC`да бўламан — ўшанда гаплашамиз" 0

03 may 09:29
Yangiliklar

SHaxmat

“Toshkent bahori” reyting turniri bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

26 apreldan 2 maygacha poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida bo'lib o'tgan ananaviy “Toshkent bahori” shaxmat turnirida g'olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.

Jami 200 nafardan oshiq shaxmat ixlosmandlari ishtirok etgan reyting turniri 9 tur davom etdi. SHaxmatchilar reyting ko'rsatkichlariga qarab, ikki – “A” va “B” guruhlariga bo'lingan holda bellashuvlarda o'z mahoratlarini namoyon etdilar.

“A” guruhida 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg'argan Sadullo Azizov turnir g'olibi bo'ldi. Keyingi o'rinlarga 7 ochkoga ega bo'lgan Marsel SHoyusupov hamda Zilola Aktamova erishdi.

“B” guruhida esa Husnoraxon Husnitdinova 9 imkoniyatdan 8 ochko olgan holda peshqadam bo'ldi. 2-o'ringa tojikistonlik shaxmatchi Umardjon Oxunov ega chiqdi. Umardjon turnir davomida 7,5 ochko to'plashga erishdi. Saidakrom Saidazimov 7 ochko bilan 3-o'rinni oldi.

G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan tasis etilgan medal, diplom va pul mukofotlari, esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing