10 okt 16:57
Yangiliklar
Tennis

"Toshkent CHellenjer". 2 soatdan ortiq davom etgan o'yinda Humoyun yutqazdi
Toshkentda erkaklar o'rtasida tennis bo'yicha "CHellenjer" turniri bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan tennischilarimizdan biri Humoyun Sultonov ilk bosqichda ukrainalik Denis Molchanovga qarshi o'yin o'tkazdi.
2 soat 17 daqiqa davom etgan o'yinda yosh tennischimiz 4:6, 7:5, 4:6 hisoblarida yutqazib qo'ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Malumot uchun, dunyo reytingida Humoyun 990, Molchanov esa 587-pog'onani egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar