13 okt 12:46
Yangiliklar
Toshkent “CHellenjer”. Bosh sovrin Kanadaga ketadi
Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirning bugun so'nggi uchrashuvi o'tkazildi va bu bahsda chempion nomi malum bo'ldi. Bosh sovrin uchun kanadalik Feliks Aliassim Oje hamda polshalik Kamil Mayrxjak kortga chiqishdi.
Bir soatu 8 daqiqa davom etgan uchrashuvda 18 yoshli Feliks Aliassim ortiqcha qiyinchiliksiz 6:3, 6:2 hisobida raqibini mag'lub etib, Toshkent CHellenjer-2018 g'olibiga aylandi. Bu tennischi chorak finalda hamyurtimiz Denis Istominni mag'lub etishning uddasidan chiqqandi.
Malumot uchun, saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan kanadalik tennischi ATP reytingida 128, Mayrxjak esa 178-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha bir marotaba to'qnash kelishgan va unda Feliks g'alaba qozongandi. Bugun hisob 2:0ga etdi.
Fikrlar