14 okt 08:10
Yangiliklar
Tennis

Toshkent CHellenjer. Bugun chempion nomi aniqlanadi
Bugun poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Toshkent CHellenjer turniri yakunlanadi.
Sovrin jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida turnirning to'rtinchi raketkasi ispaniyalik Gilermo Garsiya-Lopes polshalik Kamil Mayxrjakka qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, 35
yoshli Garsiya dunyo reytingida 105, 21 yoshli Kamil esa 317-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar
shu kungacha o'zaro to'qnash kelishmagan. Kecha Lopes yarim finalda hamyurtimiz Denis
Istominni 7:6, 6:4 hisobida mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar