10 okt 14:27
Yangiliklar
Tennis

"Toshkent CHellenjer". Istomin o'zbek derbisida qiyinchilik bilan g'alaba qozondi
Toshkentda sovrin jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi "CHellenjer" turniri bo'lib o'tmoqda.
Qura natijalariga ko'ra, musobaqaning ilk bosqichidayoq ikki o'zbekistonlik tennischi qarama-qarshiligini kuzatdik. Ushbu o'yinda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Farrux Do'stovga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 30 daqiqa davom etgan o'yinda Denis Istomin 6:7, 6:1, 7:5 hisoblarida g'alaba qozondi va ikkinchi davraga yo'l oldi.
Endi u ikkinchi bosqichda bosniyalik Aldin Setkichga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, Setkich birinchi davrada boshqa bir tennischimiz Sanjar Fayzievni 7:6, 6:4 hisoblarida mag'lub etgandi.
Toshkent. Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi. Markaziy kort.
Denis Istomin (O'zbekiston) - Farrux Do'stov (O'zbekiston) 2:1 (6:7, 6:1, 7:5)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar