14 okt 09:17
Yangiliklar
Tennis

Toshkent CHellenjer. Juftlikda turnir g'oliblari malum
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlari mezbonlik qilayotgan Toshkent CHellenjer musobaqasining juftlik bahslarida g'oliblar malum bo'ldi.
Kutilganidek, turnirning ikkinchi raqamli juftligi musobaqa g'olibiga aylandi. CHililik Xans Podlipnik-Kastilo va belaruslik Andrey Vasilevskiy bosh mukofotga ega chiqishdi.
Ular 62 daqiqa davom
etgan final uchrashuvida hindistonlik tennischilar – Yuki Bxambri va Divij SHaranni 6:4, 6:2
hisobida mag'lub etib, Toshkent CHellenjer turniri sahifalariga o'z nomlarini
yozdirib qo'yishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar