09 okt 07:58
Yangiliklar
Tennis

Toshkent CHellenjer. Saralashda qatnashgan tennischilarimizda mag'lubiyat
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlari mezbonlik qilayotgan Toshkent CHellenjer turnirining saralash bahslari o'tkazildi.
Sovrin jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning saralash bahslarida 12 tennischimiz o'z ishtirokini boshlagan va ulardan 4 nafarigina ikkinchi davraga yo'llanma olgandi.
Afsuski, ikkinchi
bosqichga etib kelgan Sergey Fomin, Sunatilla Quttiboev, Saidalo Saidkarimov va
Amal Sultonbekov raqiblariga imkoniyatni boy berib, asosiy to'rga yo'llanma
beruvchi chiptalardan mahrum bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar