11 okt 12:20
Yangiliklar

“Toshkent CHellenjeri”. Birinchi raketka g'alaba bilan boshladi
Sovrin jamg'armasi 125 ming dollarni tashkil qiluvchi
ushbu turnirda dunyoning 20dan ziyod davlatidan ko'zga ko'ringan tennischilar ishtirok
etyapti. CHexiyalik Irji Veseli
turnirning birinchi raketkasi sifatida etirof etilgan.
Veseli “CHellenjer”dagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi. Irji hindistonlik Vishnu Vardxanga qarshi kortga chiqib, 3:6, 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Birozdan so'ng turnirning amaldagi va shu bilan birga ikki karra g'olibi Denis Istomin yakkalikdagi ishtirokini boshlaydi. Uning raqibi asli o'zbekistonlik ayni paytda Franciya sharafini himoya qilayotgan Gleb Saxarov bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi turnirning finalida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi slovakiyalik Lukash Lackoni 6:3, 6:4 hisobida taslim etib, bosh mukofotni qo'lga kiritgandi.
Fikrlar