08 okt 07:05
Yangiliklar
Tennis
Toshkent “CHellenjer”iga qura tashlandi, Istomin Do'stovga qarshi
Ertaga poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Toshkent “CHellenjer” turnirining asosiy to'r bahslari boshlanadi.
Sovrin jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaga qura tashlandi. Unga ko'ra, mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ilk davrada yana bir hamyurtimiz Farrux Do'stovga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.
Jarohati sabab uzoq
muddat kortdan tashqarida bo'lgan Do'stovga turnir tashkilotchilari imtiyozli
yo'llanma taqdim etishdi. Istomin ayni paytda dunyo reytingida 53-o'rinni egallab
turibdi va tabiiyki, Toshkent “CHellenjer” musobaqasining birinchi raketkasi
sifatida harakat qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar