23 iyu 18:00
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Xokkey
"Toshkent devori" "Humo"ga qaytmoqda
"Humo" xokkey klubi Qozog'iston ochiq chempionati - Pro Hokei Ligasy'ga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
SHu maqsadda jamoa o'z tarkibini kuchaytirib olmoqda. Yaqin kunlarda "Toshkent devori" laqabi bilan mashhur Roman Smiryagin O'zbekistonga qaytib keladi.
Roman 2019/20 yilgi mavsumda "Humo" sharafini himoya qilgan. O'sha mavsum koronavirus sabab oxirigacha etkazilmagandi. Toshkentlik muxlislarning mehrini qozona olgan darvozabon yaqin orada "Humo" bilan yana shartnoma imzolaydi.
Moskva xokkey maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Smiryagin o'tgan ikki mavsumni VXLning "Lada" va "Yujniy Ural" jamoalarida o'tkazgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar